U-23 Osiyo Kubogi. Özbekiston — Koreya Respublikasi 2:0
Riyod şahri, «Prince Faisal Bin Fahd» stadioni
Gollar: Behruz Karimov 47, Saidumarxon Saidnurullayev 70.
Özbekiston: 21.Samandar Muratbayev, 2.Saidxon Hamidov, 4.Ğiyosjon Rizaqulov, 6.Ravşan Xayrullayev (10.Rustam Fomin), 7.Sardor Bahromov (5. Ozodbek Ergaşov), 8.Muhammadali Reimov (9.Saidumarxon Saidnurullayev 46) 11.Asilbek Jumayev, 16.Behruz Karimov (19.Muhammadbobur Karimov) 20.Dilşod Abdullayev, 22.Nurlan Ibraimov, 23.Abduğafur Haydarov (17.Amirbek Saidov).
Zaxira: 1.Maksim Murkayev, 3.Dilşod Murtazayev, 12.Umar Rustamov, 13.Islom Anvarov, 14.Azizbek Tölqinbekov, 15.Meyirbek Rejabaliyev, 18.Şoxjahon Yorqinboyev.
Ogohlantiriş: Nurlan Ibraimov 73.
Saudiya Arabistonida 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat terma jamoalar örtasida Osiyo Kubogi davom etmoqda.
Özbekiston U23 terma jamoasi 13 yanvar kuni C guruhining sönggi öyinida Janubiy Koreya yoşlari bilan kuç sinaşdi va 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Gollar Behruz Karimov va Saidumarxon Saidnurullayev hisobiga yozildi. Natijada özbekistonliklar 7 oçko jamğarib, guruhda birinçi örin bilan 1/4 finalga çiqdi.
Guruhning yana bir öyinida Livan kutilmaganda Eronni 1:0 hisobida mağlub etdi. Bu natija Janubiy Koreyaga qöl keldi, ular 4 oçko bilan ikkinçi örinni egallab, keyingi bosqiçga çiqdi. Livan 3 oçko bilan uçinçi, Eron 2 oçko bilan törtinçi böldi.
Boş murabbiy Ravşan Haydarov şogirdlari 1/4 final öyinni 17 yanvar kuni ötkazadi. Özbekistonliklarga D guruhida iştirok etayotgan Xitoy, Avstraliya, Iroq yoki Tailand raqib bölişi mumkin – öyinlar davom etmoqda va törttalasi ham pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab turibdi.

U23 Osiyo Kubogida 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda iştirok etmoqda. Uşbu musobaqaning boşqalaridan farqli jihati şundaki, unda Olimpiada yöllanmasi öynalmaydi. Şu sababli, köplab jamoalar asosiy tarkib bilan iştirok etmayapti.













