O‘zbekiston | 20:01 / 25.12.2025
1991
1 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi

2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi.

Foto: Kun.uz

«Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan bir qator yangi tartiblar joriy etiladi.

Xususan, qurilishi boshlangan ko‘p kvartirali uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish maqsadida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlarida ko‘rib chiqish, ekspertizadan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan qurilayotgan obektlarni tashqi muhandislik tarmoqlariga ulashga ruxsat berilmaydi.

Obektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy hamda loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosalarini tavsiyaviy tarzda berish amaliyoti tugatiladi, ular qaror qabul qilish uchun majburiy ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid