Toşkent şahrining ötgan yili tasdiqlangan boş rejasini özgartiriş haqidagi hukumat qarori taxminan 1 oy içida qabul qilinişi kutilyapti. Bu haqda quriliş vaziri Şerzod Hidoyatov 17 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida bölib ötgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda ma’lum qildi.
Muloqotda “Mustang” benzin şoxobçalari tarmoği egasi Komiljon Islomov söz olib, Sergeli tumanidan auksion orqali yer sotib olgani, lekin Toşkent boş rejasi qabul qilinganidan keyin bu yer “konservatsiya” toifasidagi yerlar qatoriga tuşgani, quriliş taqiqlanganini aytgan.
“Bu menimça Toşkent şahrida juda katta muammo. Bungayam qanadir yeçim bormikan?” – deya söradi Komiljon Islomov.
Quriliş vaziri Şerzod Hidoyatov boş reja qabul qilinişi (2024 yil 24 dekabr)dan oldin auksionga çiqarilgan joylar yo konservatsiyaga tuşib, yoki qavat çeklovi töğri kelmay turgan holatlar borligi uçun, bu borada hozir qaror loyihasi tayyorlanayotganini aytdi.
“Mumkin bölgan joylarga ruxsat beriladigan bölyapti. Mumkin bölmaydigan joylar böyiça esa, hokimiyat ularga [auksionda tölagan] mablağlarini qaytarib beradigan bölyapti. Bu qarorimiz taxminan 1 oy içida çiqadi. Şunda boş reja çiqqunça auksionga qöyilgan joylar böyiça boş rejaga özgartirişlar kiritiladi”, – dedi Hidoyatov.
Avvalroq Kun.uz boş rejaga zid bölişiga qaramay, ilgari surilayotgan yirik quriliş loyihalaridan ayrimlari haqida yozgandi. Ular şaharning markaziy nuqtalariga oid bölib, boş rejada ruxsat etilganidan karrasiga baland qilib loyihalaştirilgan.
Toşkentda boş rejaga zid quriliş loyihalari avtomatik rad etiladi












