Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
Bu haqda Soliq kodeksi 378-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Foto: Kun.uz
Davlat soliq qo‘mitasi bank kartasidan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad qildi.
«Soliq kodeksi 378-moddasiga binoan, jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi», deyiladi xabarda.
Shu asosda jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.

13 aprel kuni soliq qo‘mitasi va bank vakillari bilan P2P o‘tkazmalari uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish masalalari muhokama qilingan.
2023 yil 1 maydan jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya olinishidan qat’i nazar, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishlari va taqdim etishlari belgilangan.
Qayd etilishicha, uchrashuv axborot almashinuvini tartibga solish va texnik integratsiyani soddalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Uchrashuvda jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga pul o‘tkazilganda soliq munosabatlari yuzaga kelmasligi va jismoniy shaxslarda soliq to‘lash majburiyatlari paydo bo‘lishidan xavotirlanish asossiz ekani aytilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 27.12.2025
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari III chorakda 18,5 foizga o‘sdi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
19:39 / 18.11.2025
Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar 10 oyda 15,8 mlrd dollar pul yubordi
20:16 / 22.10.2025