Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Vinni Pux taqiqqa uchradi, uning Si Tszinpinga o‘xshashligi aytilmoqda
Financial Times nashrining xabar berishicha, Disney multfilmi qahramoni Vinni Pux Xitoyda taqiqqa uchradi – o‘tgan dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlardan ayiqcha tasvirlangan barcha suratlar hamda giflar olib tashlangan. Bunga sabab – Vinni Puxning Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan tashqi o‘xshashligi ekan.
Bu borada rasmiy tushuntirishlar berilmadi, biroq, Financial Times’ning taxminicha, bu qadam – Xitoy Kommunistik partiyasining kuzgi qurultoyidan avval senzuraning kuchaytirilishi bilan bog‘liq. Qurultoy davomida rahbariyatda qator muhim o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.

Ekspertlardan birining gazetaga xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Si Tszinpinni tanqid qilgan foydalanuvchilar hibsga olingani bilan bog‘liq holatlar ham mavjud. "Vinni Pux – umumiy trendning bir qismi xolos", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.
Hozirda Weibo ijtimoiy tarmog‘ida xitoychada "Vinni Pux" so‘zlarini yozganda, "noqonuniy kontent" degan ogohlantirish chiqib kelayotgani aytilmoqda, biroq, ba'zi foydalanuvchilar bu taqiqni chetlab o‘tishning uddasidan chiqishgan.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025