Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya va Shveytsariyadagi politsiya itlari poyabzallar bilan ta'minlandi
Foto: Keystone
Yevropadagi issiq havo harorati oqibati shu bo‘ldiki, Venadagi politsiya itlari panjalarini himoya qiluvchi maxsus poyabzallar bilan ta'minlandi. Shveytsariyaning Tsyurix shahrida ham xuddi shunday chora ko‘rildi, deb yozadi TJournal.
Politsiyachilar itlariga poyabzal kiydirish-kiydirmaslikni o‘zlari hal qilishadi.
Tsyurix shahri politsiyasi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar uchun mo‘ljallangan poyabzallardan ko‘p hollarda, masalan, shisha siniqlaridan jarohat olish xavfi bo‘lganida yoki avtomobildan giyohvand moddalarni qidirish bilan bog‘liq operatsiyalarda foydalaniladi.
Oddiy itlar egalariga ham o‘z jonivorlarini shu tarzda issiqdan himoya qilishni maslahat berishmoqda. Jonivorga oyoq kiyimini kiydirish zarur yoki zarur emasligini aniqlashning yo‘li oson: agar asfalt inson kaftini kuydirsa, bu itlarning panjasi uchun ham xavfli ekanligini bildiradi.