20:05 / 27.12.2019
0
35702

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida kamida 20 qavatli IT parklar quriladi

Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari – IT parklari qurilishini ma'lum qilgan.

«2020 yilda respublikaning barcha hududlarida yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. Bu parklar eng kamida 20 qavatdan iborat bo‘lishi kerak.

Har bir viloyat hokimi IT parklarini qurishga mas'ul bo‘ladi», – deb ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘z nutqida yangi quriladigan texnologik parklar faoliyatiga katta ishonch bildirgan.

«Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish bo‘ladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq bo‘ladi», – dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 24 iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Toshkentda ochilgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top