Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
«Mana – farmatsevtikadagi o‘yinlar! Bu faqat onkologiyada. Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli», dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qayd qilinishicha, 3 yil avval onkologik bemorlarni kimyo va target terapiyasi uchun 29 turdagi preparat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan edi. Lekin, bu dorilar ayrim hollarda joylarga o‘z vaqtida, to‘liq yetkazib berilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, budjetdan yetarli mablag‘ ajratilmoqda.
Oqibatda ba’zi bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olishga majbur.
«Mana – farmatsevtikadagi o‘yinlar! Bu faqat onkologiyada. Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli», dedi davlat rahbari.
Bosh prokuraturaga onkologik preparat ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, dorixonalar, qo‘lda sotuvchilarni, umuman barcha ishtirokchilarni tartibga keltirish, joylarga yetib bormagan 17 turdagi preparat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, jazo muqarrarligini ta’minlash topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga oylab omborlarda turgan, ruxsati haligacha chiqmagan dorilarni xatlov qilib, bu masalada tartib o‘rnatish, davlat xaridlari orqali olingan dorilarni «buyurtmachi – xaridor – yetkazib beruvchi – bemor» zanjiri asosida shaffof marshrut tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

11:01 / 22.05.2025