24 iyul kuni Özbekistondagi birinçi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari Olim Umarov, Hindiston dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parklari jamiyati (STPI) direktori Omkar Ray, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boşqalar iştirok etdi.
Tantanali keça mehmonlari IT Park böylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirişga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanişdi.

IT Parkning Qabul Hay'ati tomonidan tanlab olingan birinçi startap loyihalar alohida e'tibor markazida böldi. Tanlovdan ötgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:
– Akseleratsiya dasturi böyiça loyihalar: Fastago – Igor Kim; Document Scanner – Şuhrat Zohidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.
– Inkubatsiya dasturi böyiça loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Şoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldaşev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.
Tadbir davomida birinçi startap loyihaga Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov sertifikat topşirdi.
Taşkilotçilarning sözlariga köra, yaqin kelajakda IT Park uçun kovorking markazi, IT akademiya, IT laboratoriya va IT mehmonxonani öz içiga oluvçi uçta yangi binoni topşiriş, şuningdek, boşqa hududlardagi yoşlar öz ğoyalarini röyobga çiqarişi uçun yengillik yaratiş maqsadida mamlakat mintaqalarida ham IT Parkning filiallarini oçiş rejalaştirilgan.













