Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, soğliqni saqlaş, raqamlaştiriş, madaniyat va sport sohalarida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Unda qayd qilinişiça, 2024 yilda sportga qariyb 2 trillion söm ajratiladi. Şu bois sportni ommalaştiriş böyiça tizim töliq va yuqori samara bilan işlaşi zarur. Hokimlar özi musobaqalar taşkil qilib, yangi iqtidorlarni kaşf qilişga yetarli e’tibor qaratmayapti. Oqibatda, hududlarda yaxşi sportçilar çetda qolib ketayapti.
Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslaştiriş, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini taşkil qiliş muhimligi ta’kidlandi.
Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida «sektor – tuman – viloyat – respublika» darajalarida ommaviy sport musobaqalarini ötkaziş topşirildi.
«Sport maktablari – sport kollejlari – sport federatsiyalari – oliy mahorat maktablari» zanjiri asosida doimiy sport bilan şuğullanuvçilar sonini oşiriş vazifasi qöyildi.
Prezident iyul-sentabr oylarida Parijda bölib ötadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga qattiq tayyorgarlik köriş zarurligini ta’kidladi.
Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida kabi faqat yakka kuraş sport turlari hisobidan qölga kiritamiz, degan fikr mutlaqo notöğri ekani ta’kidlandi.
Bu yilgi Olimpiya öyinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxşisi bölişi uçun zarur çoralarni hozirdan köriş topşirildi.
Sport vazirligiga Parij-2024 musobaqasiga tayyorgarlik körayotgan sportçilarimiz uçun 15 ta Olimpiya va Paralimpiya markazida hamda Toşkent şahri, Andijon va Toşkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazasida barça şaroitlarni yaratiş topşirildi.
Olimpiya va Paralimpiya qömitalari bilan birgalikda ularni çuqurlaşgan tibbiy körikdan ötkaziş, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli ta’minlaş vazifasi qöyildi.













