Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tadbirkorlarni qo‘rqitib, homiylikka majburlash yo‘li bilan futbolni ushlab turibmiz» Ramatov majburiy homiyliklar haqida
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yangi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi vaqtida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarni qo‘rqitish orqali majburiy homiylikni keskin tanqid qildi
«Kichik biznes xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini hokim chaqiradida, pul ber, bermasang yeringni tortib olamiz, do‘koningni olib qo‘yamiz deb qo‘rqitishadida, majburlab futbolga homiylik qildirishadi. Shu yo‘l bilan futbolni amallab ushlab turibmiz.
Futbol tashkiloti bu devonalik bilan shug‘ullanadigan tashkilot emasku? Sen 5 so‘m ber, sen 10 so‘m ber deb majburlash nimasi? Bu masalani hal qilish kerak? 16ta jamoani eplab ushlab tura olmaydigan davlat bu qanaqa davlat axir?
Futbol klublari byudjyetini oshirib belgilash kabi holatlarni ham yig‘ishtirish kerak. Futbolchilarga katta oylik berishni ham to‘xtatish kerak», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:48 / 03.12.2025
Gulistondagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
20:53 / 28.10.2025
O‘FA «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev so‘zlari yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi
22:47 / 23.10.2025
“Navbahor” va “Neftchi”ning Superligada to‘plagan ochkolaridan 3 ochko olib tashlanishi mumkin
22:37 / 12.10.2025