2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston şahridagi «Uz Bek Family» korxonasiga qaraşli ovqatlaniş şoxobçasida gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi tufayli yonğin yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
FVV xabariga köra, jabrlanganlarga zarur yordam körsatiş, hodisa sabablarini aniqlaş hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga muvofiq boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida hukumat komissiyasi tuzildi.













