Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutib oling: Moshkichiri & Mastava’dan yangicha ta'mdagi osh
O‘zbek taomlari qiroli bo‘lmish palov xalqimizning azal-azaldan sevimli taomi hisoblanadi. Oshning boshqa taomlarning ajralib turuvchi yana bir noyob jihati – u ham qovuriladi, ham qaynatiladi va dimlanadi.
Oshni sevib iste'mol qiluvchi hamyurtlarimiz va yurtimiz mehmonlari uchun ajoyib yangilik: endilikda to‘y oshidan Moshkichiri & Mastava tamaddixonasida ham bahramand bo‘lishingiz mumkin. Yosh bo‘lishiga qaramay tanilishga ulgurgan, o‘zbegim taomlarini maromiga yetkazib pishiradigan oshpaz Ortiq Muhsinov endilikda Moshkichiri & Mastava kafesida osh damlashni ham boshladi.
Aytishlaricha, bu osh biz choyxonalarda yeb yuradigan odatiy ta'mdagi palovlardan farq qiladi. Sababi, u o‘zgacha uslubda zaytun (olivka) yog‘ida tayyorlangani uchun xushta'm mazaga ega bo‘lib, inson salomatligi uchun juda ham foydali xususiyatlarga ega. Endilikda oshqozon kasalligi va boshqa xastaliklardan aziyat chekuvchi insonlar ham mazali oshni bemalol tanovul qilishlari mumkin. Shuningdek, zaytun moyini muntazam iste'mol qilish yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi.
Foydali va salomatlik uchun xavf tug‘dirmaydigan oshning ta'rifi haqida qancha gapirsak shuncha oz. Yaxshisi, o‘zingiz kelib oshning mazasiga baho bering. Barchangizni Moshkichiri & Mastava’da kutib qolamiz.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasi, Moshkichiri & Mastava tamaddixonasi
Mo‘ljal: Uch chinor to‘yxonasi va Shayxontohur IIB bo‘linmasi
Murojaat uchun telefon: +998951991010
Yetkazib berish xizmati: +998781507277 bringo.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
10:59 / 24.01.2024
Noodatiy marketing: navoiylik oshpaz reklamaning ilmga rag‘batlantiruvchi usulidan foydalanmoqda
22:48 / 12.01.2023
Toshkentda 5 kun davomida aholiga bepul osh tarqatiladi - to‘yxonalar ro‘yxati e’lon qilindi
09:53 / 29.11.2019