Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noodatiy marketing: navoiylik oshpaz reklamaning ilmga rag‘batlantiruvchi usulidan foydalanmoqda
Osh markazida o‘tkazilayotgan “Zakovat” uslubidagi intellektual o‘yin qisqa muddatda ommalashib ketdi. Oshpaz bu o‘yin orqali avvalo mijozlarni ilm olishga undashni maqsad qilgan, biroq bu ishi o‘ziga xos reklamaga aylanib ketgan.
Navoiy shahridagi osh markazida marketingning o‘zgacha usuli o‘ylab topildi: ijtimoiy tarmoqda tashkil etilgan guruhda “Zakovat” uslubidagi intellektual o‘yin o‘tkazilib, g‘olib bo‘lganlarga sovg‘a sifatida osh taqdim etilmoqda. Oshpaz Akbar Axmatovning ma’lum qilishicha, qisqa muddatda o‘yinga qiziquvchilar soni keskin ortgan.
“O‘zi o‘qituvchiman. Oshpazlik bu hunarim. Yaqinda sobiq o‘quvchim Firdavs Istamov Navoiy shahrida osh markazi tashkil qilish taklifini bildirib qoldi. Ishni 2023 yil 30 avgust kuni 5 kg osh damlashdan boshladik. Ijtimoiy tarmoqda “Oshga marhamat” guruhini tashkil qilib, o‘z xizmatimizni reklama qilib bordik.
O‘tgan yilning dekabr oyida guruhimizda “Zakovat” o‘yinini o‘tkazish fikri kelib qoldi. O‘zim ham bu intellektual o‘yinga juda qiziqaman. Maqsadimiz avvalo mijozlarni ilm olishga undash edi. Ammo bu ishimiz qaysidir ma’noda reklama vazifasini ham bajardi: qisqa fursatda guruhimiz obunachilari soni keskin oshdi. O‘yin ishtirokchilari orasida turli yoshli obunachilarimiz bor”, deydi Akbar Axmatov.
Oshpazning ta’kidlashicha, o‘yin quyidagi shaklda o‘tkaziladi: kun davomida guruhda 2 ta bir kishilik hamda bitta to‘rt kishilik osh savoli o‘ynaladi. G‘olib bo‘lganlar osh markaziga kelib, bepul ovqatlanib ketishi mumkin.

Akbar Axmatovning qo‘shimcha qilishicha, savollar aniq manbalar asosida turli sohalardan tuziladi. Hozirda “Zakovat oshi”ni yanada rivojlantirish, sovrinli savollar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 30.11.2025
Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi
11:47 / 28.11.2025
Navoiydagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum shifoxonada vafot etdi
10:29 / 26.11.2025
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
12:59 / 24.11.2025