2020 yil 21 iyun kuni Andijon viloyati Asaka tumanida mudhiş hodisa yuz berdi. 9 yoşli norasida gödak öta şafqatsizlik bilan öldirib ketildi.

Boş prokuratura olib borgan tergov harakatlari natijasida uşbu jinoyatni marhumaning qöşnisi Asroraxon Hamdamova sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan ojiz ahvoldagi şaxsni öta şafqatsizlik bilan qasddan öldiriş, bosqinçilik, öğrilik va firibgarlik jinoyatlari böyiça ayblovlar e'lon qilinib, işi sudga oşirildi.

Ammo, Asroraxon Hamdamovaga qasddan odam öldiriş, bosqinçilik va öğrilik böyiça qöyilgan ayblovlar sudda öz isbotini topmadi. Andijon viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining şu yil 5 maydagi hukmi bilan u oqlandi va sud zalidan ozod etildi.

Hali yoşiga tölmagan çaqaloği bölsa-da, qariyb 10 oy vaqt qamoqda yaşagan qahramonimiz va uning advokati huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining ruhiy va jismoniy tazyiqlari, tergov organining noqonuniy harakatlari va qanday qilib soxta dalillar asosida ayblov e'lon qilingani haqida Kun.uz'ga sözlab berişdi.

«Stolda ötirganimda qayoqdan kelib urganini bilmay qoldim, peşonamda kökargan joylari ançagaça ketmadi» — Asroraxon Hamdamova hikoyasi

— 2020 yil 21 iyun kuni soat 5lardan ötganda bolam bilan öz ota uyimga ketmoqçi edim. Kiyinib tayyor bölganimda qöşni hovlidan baqir-çaqir ovozlar eşitildi. Keyin taşqariga çiqqanimizda qöşnimiz 9 yoşli Qunduzoy öldirib ketilganidan xabar topdik. Men biroz avval Qunduzoyni özlarining xovlilarida körgan edim. Şu bois hammamiz hayratda qoldik. Men qöşnimizning bolalarini juda yaxşi körardim.

Köp ötmay bizning uydagilarning hammalarini, turmuş örtoğim va qaynukalarimni tergovga olib ketişdi. Keçga yaqin meni ham tergovga çaqirişdi. Borganimda birinçi gaplaşganim meni tergov qilgan Sanjar aka bölgan. Sanjar aka, yana bitta organ xodimi menga savollar berişdi. Oxirgi marta qaçon körganimni aytib berdim. Öşa kuni keçki payt uyga qaytib keldik.

Uyga kirganimizda oyijonim tergovda nimalarni söraşgani bilan qiziqdi. Oyijonim ekspertiza Qunduzoy nomusiga tegilgan çiqqanini aytdi. Ertasi kundan yana tergovga çaqirildim. Meni har gal Umid aka Karimov ertalab tergovga çaqirib, keçgaça özi televizor tomoşa qilib, xohlagan narsasini olib kelib yeb, mendan heç qanaqa savol söramasdan, keçgaça, soat 9-10 gaça meni olib ötirib, 9-10dan keyin soatiga qarab, böldi, endi ketavering der edi. Nimaga meni çaqirib olib, uşlab ötiribsiz, emizikli bolam bor deyişimga qaramasdan, tergovga çaqiravergan.