Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 davlat Ukrainaga urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini beradi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, 26 ta davlat Ukrainaga «quruqlikda, dengizda va havoda xalqaro kuchlarni o‘z ichiga oladigan» urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini berishni va’da qildi. Xususan Fransiya va Britaniya urush tugagach Ukrainaga qo‘shin yubormoqchi, qolganlar mamlakat tashqarisida yordam bermoqchi.
Foto: REUTERS
Parijda asosan Yevropa davlatlaridan iborat 35 nafar yetakchi ishtirok etgan «irodali koalitsiya» yig‘ilishi Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari masalasiga bag‘ishlandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, 26 ta davlat Ukrainaga urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini berishga va’da berdi. Bu — quruqlikda, dengizda va havoda xalqaro kuchlarni o‘z ichiga oladi. «Urush tugashi bilanoq xavfsizlik kafolatlari ishga tushiriladi», deya Makronning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Makron avval 26 davlat Ukrainaga qo‘shin joylashtirishini aytdi, keyinroq esa ayrimlari faqat kafolat beradi, ammo Ukraina hududiga kirmaydi — masalan, qo‘shinlarni o‘qitish va jihozlash bilan shug‘ullanadi, dedi.
Germaniya bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, biroq aniq sharoit va AQShning roli aniqlanmaguncha qo‘shin yuborish masalasini hal qilmasligini bildirdi. Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni Ukraina hududiga askar yubormasligini, biroq sulhni nazorat qilish va Ukraina qo‘shinlarini mamlakat tashqarisida tayyorlashga tayyor ekanini aytdi.
Fransiya va Britaniya esa urush tugagach Ukrainaga qo‘shin yuborishga ochiq ekanini ko‘rsatdi.
Tramp esa koalitsiya yetakchilari bilan suhbatda Yevropani Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi, chunki bu Moskvaning urushni moliyalashtirishiga yordam bermoqda, dedi Oq uy rasmiysi. U, shuningdek, Yevropa Xitoyga bosim o‘tkazib, Rossiyaga yordam berishini kamaytirishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, yevropalik rasmiylar Putin va Zelenskiy o‘rtasida bevosita tinchlik muzokaralari oldinga siljimaganidan xavotirda va Trampni Moskvaga bosimni kuchaytirishga undamoqda.
Putin esa urushni «sog‘lom aql ustun kelsa» muzokara yo‘li bilan tugatish mumkinligini, lekin kerak bo‘lsa kuch bilan ham yakunlashga tayyorligini aytdi. U NATO davlatlarining Ukrainaga qo‘shin joylashtirishini istisno qilmoqda.
Mavzuga oid
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
23:06 / 26.12.2025
Rojdestvoda o‘lim tilagi: toqatsizlik nafratga aylandi
16:39 / 26.12.2025
Urbi et Orbi: Lev XIV Rossiya va Ukrainani muloqotni boshlashga chaqirdi
14:28 / 26.12.2025