Rim papasi Lev XIV Rossiya va Ukrainani uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga kirişişga çaqirdi. “Biz azob çekkan Ukraina xalqi uçun duo qilamiz: qurollar işlatilişi töxtasin. Xalqaro hamjamiyat kömagida mojaroga tortilib qolgan tomonlar samimiy, töğridan töğri va hurmatga asoslangan muloqot uçun özida jasorat topsin”, — dedi pontifik 25 dekabr, payşanba kuni an’anaviy rojdestvolik Urbi et Orbi (“Şaharga va dunyoga”) murojaatida.

Lev XIV murojaat matnini Vatikandagi sobor balkonidan öqib eşittirdi. Uni maydonga töplangan yuzlab kişilar tingladi. Murojaat matni Rim papasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Dunyoning boşqa hududlari haqida gapirar ekan, papa Yaqin Şarqdagi nasroniylarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi va “Livan, Falastin, Isroil va Suriya uçun adolat, tinçlik va barqarorlik”ka çaqirdi. Murojaatda pontifik Sudan, Janubiy Sudan, Mali, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Gaiti, Myanma, Tailand va Kambodjadagi odamlarning azob-uqubatlarini ham tilga oldi.

23 dekabr kuni Rim papasi RF armiyasini öt oçişni töxtatişga çaqirgan. “Meni juda qayğuga soladigan narsalardan biri — Rossiya, aftidan, öt oçişni töxtatiş talabi(ni) rad etganidir”, — deb qöşimça qilgan edi Lev XIV öşanda.

Şu orada Rossiya Ukraina hududlariga zarba berişni davom ettirdi. 25 dekabr kuni tungi hujumlar oqibatida mamlakatning bir neça viloyatida kamida tört kişi halok bölgan, 19 kişi yaralangan.