O‘zbekiston | 17:44 / 19.12.2020
5908
3 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda yoshlar uchun o‘tkaziladigan loyihalar taqdim qilindi

“Toshkent yoshlar forumi – 2020” doirasida 2021 yilda Toshkentda yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan yirik loyihalar haqida ma'lumot berildi.

Yoshlar ishlari agentligi vakili Abdulaziz Nazirovning ma'lumot berishicha, kelasi yilda yoshlar ishtirokida besh yo‘nalishda: madaniyat-ma'naviyat, sport, ilm-fan, axborot-kommunikatsiya va texnologiya, bandlik va tadbirkorlik bo‘yicha loyihalar o‘tkaziladi. 

Madaniyat-ma'naviyat yo‘nalishida:

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivali, “O‘quvchi yoshlar teatr studiyasi” ko‘rik tanlovi, “Kelajak kashfiyoti”, “Yaxshilik texnologiyasi”, “Art kvadrat” loyihalari.

Ilm-fan yo‘nalishida:

“Kviz pliz” intellektual o‘yini, “Munozara”, “Yosh kitobxon oila” ko‘rik tanlovi, “Ma'lumotlar oqimi”, “Yoshlar va media”, “Hokim stipendiyasi” loyihalari.

Axborot kommunikatsiya va texnologiyalar yo‘nalishida:

“IT start”, “Dasturland” dasturchilar olamini yaratish, “Freelance” akademiyasini tashkil qilish;

Bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishida:

Biznes akselerator, biznes inkubator, startap akademiya, “180 soniya” loyihalari;

Sport yo‘nalishida esa sport turlari bo‘yicha yil davomida uzluksiz tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yoshlarni turli sohalarda yagona platformaga jamlovchi “Imkon” ijtimoiy tarmog‘i taqdimoti o‘tkazildi.

“Imkon” ijtimoiy tarmog‘i yoshlarning turli sohalar bo‘yicha yagona platformada muloqotga kirishishi uchun imkon beradi. Unda oliy ta'lim muassasalari, o‘quv markazlari reytinglari bilan tanishish, turli g‘oya va takliflarni o‘rtaga tashlash, bo‘sh ish o‘rinlari, volontyorlar uchun vazifalar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Shuningdek, platforma startaplarni amalga oshirish, kraundfanding uchun ham ko‘maklashadi. U boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ham integratsiyalashgan“, dedi loyiha tashabbuskorlaridan biri Sardor Berdiyev. 

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan loyihalar va tadbirlarning yagona platformasi - www.eventlar.uz sayti yaratilgan bo‘lib, unda loyihalar bo‘yicha takliflar bilan murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid