Tojikistonda chaqmoq urishi oqibatida cho‘pon va qo‘ylar podasi nobud bo‘ldi
Mamlakatning tog‘li hududida yuz bergan fojiada cho‘pon halok bo‘lgani, shuningdek, 200 boshga yaqin mayda shoxli hayvonlar nobud bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
13 iyun kuni Tojikistonning Xatlon viloyati, Sangvor tumanida cho‘pon va qo‘ylar podasi yashin urishi oqibatida nobud bo‘ldi.
Fojia Qoroshura shahrida (dengiz sathidan 3500-3700 metr balandlikda) joylashgan yozgi yaylovda kuchli jala paytida sodir bo‘lgan. Xatlon viloyati Do‘sti tumanida yashovchi uch nafar cho‘pondan biri chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.
– Cho‘ponlar chodir qurib, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun unga quyosh fotoelektr paneli (quyosh panellari) o‘rnatgan. Ular bo‘ron paytida panellarni olib qo‘ymagan. Oqibatda chaqmoq aynan panellarga urgan. Cho‘ponlar turli tan jarohati olgan, ulardan biri hodisa joyida halok bo‘lgan», deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi (FVQ).
Shuningdek, chaqmoq urishi oqibatida 200 boshga yaqin mayda shoxli hayvonlar ham nobud bo‘lgan.
FVQ aholidan noqulay ob-havo sharoitida barcha qoidalarga rioya qilishni so‘ragan. Qayd qilinishicha, chaqmoq yomg‘ir yog‘ayotgan joydan o‘n kilometr masofagacha paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, yomg‘irdan keyin boshpanani tark etishga shoshilmaslik kerak. Chaqmoq urishi xavfi momaqaldiroq ovozlari to‘xtaguncha saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
15:54 / 07.11.2024
Chorvoqdagi ikki kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisada katamaranga urilgan gidrosiklni boshqargan yigit qamaldi
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
17:36 / 01.11.2024