Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy 30 oktyabr kuni keçqurun Dubay xalqaro aeroportida samolyotdan tuşayotganda yiqildi va oyoği sindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib Dawn gazetasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Zardoriy darhol davolaniş uçun şifoxonaga yotqizilgan va oyoğiga gips qöyilgan. «Gips tört hafta davomida oyoğida qoladi», deyiladi bayonotda.
Naşrning qöşimça qilişiça, prezident Zardoriy uyiga jönatilgan va unga töliq dam oliş tavsiya qilingan.
69 yoşli prezident sönggi yillarda soğliğida köplab muammolarga duç kelmoqda. 2023 yil mart oyida u Birlaşgan Arab Amirliklarida közini operatsiya qildirdi.
2022 yilda u öpka infeksiyasini davolaş uçun şifoxonaga yotqizildi. Bundan bir yil oldin Zardoriy tez-tez sayohat qilişdan kelib çiqqan «zöriqiş va çarçoq» tufayli Pokistondagi xususiy şifoxonaga yotqizilgan edi.












