Peru havaskorlar çempionati doirasidagi futbol öyinida fojia yuz berdi.
«Familia Çokka» va «Xuventud Bellavista» örtasidagi bahs vaqtida stadionga çaqmoq urdi. Hakam zudlik bilan öyinni töxtatdi.
Biroq, futbolçilar maydonni tark eta boşlaganida yana bir bor çaqmoq çaqdi va bu safar futbolçilarga tegdi. Oqibatda, 39 yoşli Xose de la Kruz halok böldi, yana 7 futbolçi jarohat oldi. Ular kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yetkazildi.
Çilka munitsipaliteti fuqarolik mudofaasi rahbarining matbuotga xabar berişiça, yaşin futbolçining qölidagi metall bilaguzuk tufayli urgan.












