Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi “siti”lar qurilishi kutilmoqda
Poytaxtda 37 gektar maydonni egallaydigan 1 mlrd dollarlik Uchtepa City qurilishi boshlanadi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Chilonzor, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida 37 gektar maydonda Uchtepa City loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kungi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlat rahbariga ko‘ra, loyiha qiymati 1 mlrd dollar bo‘lib, uning doirasida zamonaviy mehmonxona, biznes markazlar, savdo-ko‘ngilochar majmua va apartamentlar quriladi.
Shuningdek, Chilonzor, Yakkasaroy, Olmazorda ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshiriladi.
Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Mirobod va Yashnobodda esa sun’iy intellekt, startap, fintex, moliya, tibbiyot va ta’lim sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025