Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
25 avgust kuni Paeonnis klinikasida 9 yoshli bola burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohlik amaliyoti paytida vafot etgan edi.
Foto: Google-xaritalar
Toshkent shahridagi Paeonnis klinikasida voyaga yetmagan bola 25 avgust kuni operatsiya jarayonida vafot etgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
«Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi», deyiladi xabarda.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, 25 avgust kuni Toshkent shahridagi Paeonnis klinikasida 9 yoshli bola burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohlik amaliyotidan tirik chiqmagan.
Toshkent shahri prokuraturasi hodisa yuz berganini tasdiqlab, tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025