Toşkent şahrining ayrim köçalarida belgilangan tezlikni bor-yöği 10 km/soatga pasaytiriş — 60 km/soat qilib belgilaş töğrisida Toşkent şahar IIBB YHXB taklifi poytaxtlik deputatlar tomonidan rad etildi.

Albatta, Toşkent şahrida belgilangan tezlikni kamaytiriş poytaxtlik YPX xodimlarining özlaridan çiqqan ğoya emas. Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil fevral oyida Samarqand şahriga qilgan taşrifida davlatimiz rahbari tomonidan örtada taşlangan taklif edi. (Jahongir Ortiqxöjayev boşçilik poytaxt kengaşi deputatlari bundan bexabar bölişgan, şekilli.)

«Yaqinda Toşkentda tezlik köpi bilan 60 km/soatgaça belgilangani haqida qaror çiqadi», — degan edi öşanda Ş.Mirziyoyev.

Davlat rahbari Toşkent şahri va boşqa yirik şaharlarning markaziy köçalarida tezlik limiti oqilona, ilmiy yondaşuv asosida örnatilişi kerakligini ta’kidlagan edi. Köçalarda harakatlaniş haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham qulay bölişi kerak, — degan edi Mirziyoyev.

Ma’lumki, aholi punktlarida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisalarining aksariyat qismi belgilangan tezlikni oşiriş natijasida kelib çiqadi.

Dunyoning köplab şaharlarida tezlik 40-50 km/soat qilib belgilangan. Uzoqqa bormaylik. Yon qöşnimiz Qozoğistonning eski poytaxti Almati şahri köplab köçalarida 60 km/soat, markaziy köçalarda tezlik hattoki 40 km/soat qilib belgilangan.

Foto 001. Almati şahrining markaziy köçalaridan biri

«Almati şahrini 2025 yilgaça rivojlantiriş dasturi»ga köra, şaharning magistral va mahalliy köçalarida tezlikni 60 va 40 km soatdan 50 va 30 km/soatgaça tuşiriş közda tutilgan.