Yaqin vaqt içida Toşkentda harakatlaniş tezligini 60 km/soatgaça pasaytiriş böyiça prezident qarori qabul qilinadi. Bu haqda 10 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqanddagi taşrif çoğida ma’lum qildi.

Davlat rahbari Samarqandda yangi qurilgan yerosti tunneli, yöllarni közdan keçira turib, xavfsiz yöl, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratiş haqida sözlagan.

«Yaqinda Toşkentda tezlik köpi bilan 60 km/soatgaça belgilangani haqida qaror çiqadi», — deya prezident sözlarini keltirmoqda bloger Aziza Qurbonova.

  • «2018–2022 yillarda Özbekiston Respublikasida Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş konsepsiyasi»da şaharlar va aholi punktlarida transport harakatining maksimal ruxsat etilgan tezligini 60 km/soatgaça tuşiriş közda tutilgandi, ammo yakunda bu taklif ma’qullanmagandi.
  • 2020 yil bahorida ham «Yuksaliş» umummilliy harakati Özbekiston şaharlari va aholi punktlarida transport harakatining ruxsat berilgan eng yuqori tezligini 70dan 60 km/soatgaça pasaytiriş taklifi bilan çiqqandi.