Unda dastlab “Yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uçun ma'muriy jazolar yengillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.

– Qonun loyihasini işlab çiqiş jarayonida fuqarolar, jamoatçilik vakillari, avtoulov haydovçilari bilan muloqot ötkazildi, – deydi fraksiya a'zosi F.Samadov. – Örganişlar davomida sohada yeçimini kutayotgan bir qator masalalar borligi ma'lum böldi. Xususan, kodeksdagi yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarima miqdorining eng kam va eng köp miqdorini belgilaş davomida, ya'ni huquqbuzarlikni tasniflaşda amaliyotda korrupsion holatlar kelib çiqişiga imkon yaratuvçi mavhum normalar aniqlandi.

Ötkazilgan tahlillar natijasida hamda keng jamoatçilikning fikr-mulohazalarida, haydovçilar tomonidan töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarining buzilişi, aksariyat hollarda avtotransport egasi öz boşqaruvidagi transport vositasini töxtatişga majbur bölgan joylarda transport vositalarining vaqtinça töxtaşi uçun şart-şaroitlar yaratilmaganidan va bunday joylarda taqiqlovçi belgilar mavjudligidan sodir etilayotgani ayon böldi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga köra, “Ma'muriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksning bir qator moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Jumladan, kodeksning 54, 123, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan “eng kam” va “eng köp” miqdorda belgilangan jarimalarning eng kam darajasi saqlanib, eng köp darajasi çiqarib taşlanyapti.

Şuningdek, kodeksning 128-6-moddada belgilangan Transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdori kamaytirilib, takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun jarima qöllaş normalari çiqarilmoqda.

Deputatlar uşbu hujjatning qabul qilinişi kelgusida yöl-transport sohasidagi qoidabuzarlik uçun jarimalar belgilaşda korrupsion holatlar sodir etilişining oldini olişga xizmat qilişini aytib, qonun loyihasini ma'qulladi.