Özbekiston şaharlari va aholi punktlarida transport harakatining maksimal ruxsat etilgan tezligi yil oxirigaça 70-60 km/soatgaça tuşirilişi mumkin. Bu Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylaştirilgan Yöl harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasi bilan nazarda tutilgan.
Yöl-patrul xizmati inspektorlarini joriy yildan boşlab ma’muriy qoidabuzarliklarni, jumladan piyodalar tomonidan sodir etilganlarni markazlaştirilgan elektron tizimda qayd etiş uçun bodikameralar va elektron planşetlar bilan jihozlaş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, loyiha bilan tartibga solinmagan piyoda yölaklarini modernizatsiya qiliş taklif etilmoqda. Bunda maktabgaça ta’lim va umumiy örta ta’lim muassasalariga yaqin bölgan yölaklarga yoritiş vositalari va sun’iy yöl notekislari örnatiladi.
Yöl harakati qoidalarida qonunçilik bilan avtotransport vositalarida bolalarni uşlab turuvçi qurilmalardan foydalaniş talabi mustahkamlab qöyilişi mumkin. Hozirda bunday talab yöq.
Umumiy foydalanişdagi obektlarga yaqin bölgan joylardagi avtomobil yöllari va şahar yöl-transport tarmoği uçastkalarida vaqtinçalik hamda uzoq muddat turargohlar taşkil etilişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda juma «Maşinasiz kun» deb e’lon qilinişi mumkin ekani xabar berilgandi.












