Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floyd Meyuezer aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha ilk jangini o‘tkazadi
Foto: AP Photo/Isaac Brekken
Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyuezer 31 dekabrda Rizin tashkiloti doirasida aralash yakkakurash (MMA) qoidalari bo‘yicha ilk jangini o‘tkazadi.
41 yoshli bokschining raqibi yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava bo‘ladi.
Yengilmas Meyuezer boksda 50 ta jangda 50 ta g‘alabaga erishgan. U 5 ta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. Bokschi 2017 yil 26 avgustda o‘tkazgan oxirgi jangida irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregorni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan.
Oxirgi vaqtda Meyuezerning UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang o‘tkazishi mumkinligi haqida ko‘plab gaplar tarqadi. Amerikalikning aytishicha, u Xabib bilan faqatgina boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyor. Bunga UFC prezidenti Dana Uayt Xabibda UFC bilan bajarishi kerak bo‘lgan shartnoma borligini va Meyuezer bilan jang o‘tkazilsa, faqat aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha o‘tishini aytgan.
Mavzuga oid
20:49 / 23.10.2025
Olmaliqda murabbiy bolalarni kaltak bilan «tarbiyalab» kelgan. U bu ishi uchun uzr so‘radi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024