Tokio şahrining çekkasida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng kiçik boğ mavjud.

Boğ 1988 yilda barpo etilgan. Uni yaratiş ğoyasi mahalliy aholi vakiliga tegişli bölib, u AQŞga sayohati davomida Oregon ştatidagi eng kiçik boğdan ilhomlangan va özi ham şunday rekord örnatişga qaror qilgan.

“Öşanda kompaniya xodimlaridan biri AQŞda dam olayotganida, öşa vaqtdagi eng kiçik parkni (Oregon ştatining Portland şahrida joylaşgan Mill Ends Park) körib qolgan. Şu sababli öz şahrida undan ham kiçikroq boğ yaratişni xohlagan”, — deb ta’kidladi Ginnes rekordlar kitobi vakili Syuji Koyama.

Boğ yöllar kesişgan hududda joylaşgan bölib, ilgari bu maydon böş yotardi. Hozirgi kunda piyodalar bu yerdan dam oliş va kutiş joyi sifatida foydalanmoqda. Şuningdek, boğ rasm olişni yoqtiradigan köplab sayyohlarni öziga jalb qilmoqda.

Boğning maydoni 0,24 kvadrat metrni taşkil etadi — bu A3 formatdagi ikki varaq qoğoz egallaydigan joyga teng. Boğda kiriş joyi, bir kişi ötiradigan kiçik örindiq va ozgina maysazor mavjud. Rasman uşbu boğ 2024 yil 25 dekabrda şahar boği maqomini olgan.