Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada terrorchilikka qarshi keng qamrovli amaliyot o‘tkazilmoqda
Germaniya huquqni muhofaza qilish organlari Hessen federal yerida terrorchilik guruhi a'zolarini qidirishga yo‘naltirilgan maxsus amaliyot o‘tkazmoqda. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, amaliyot mahalliy vaqt bilan 4:00da boshlangan (Toshkent vaqti bilan 8:00). Politsiyachilar Frankfurt-Mayn, Offenbax va Visbadendagi 45ta obektda tintuv o‘tkazmoqda. Amaliyot masjidlar, shaxsiy uylar va ofislar o‘tayotgani ham xabar qilindi.
Avvalroq Berlinda IShID a'zosi deb taxmin qilinayotgan uch nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergandik. Qo‘lga olinganlar ikki nafari Berlinda istiqomat qilishi, uchinchi shaxs esa Turkiya fuqarosi ekanligini aytilgan. Amaliyot davomida Berlin markazidagi rojdestvo yarmarkasiga hujum uyushtirishni tashkillashtirgan terrorchi Anis Amri borib turgan Moabit tumandagi masjidda ham tintuvlar o‘tkazildi. Berlin prokuraturasi davlat xavfsizligiga tahdid uyg‘otuvchi jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilish bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.
Mavzuga oid
14:47
Germaniya tomonidan to‘langan ikki Patriot ZRK Ukrainaga yetkazildi
13:44
Germaniya tarixidagi yirik o‘g‘rilik: politsiyada hali ham “jiddiy iz” yo‘q
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:47