Ukrainaning şaharlari va muhim infratuzilmasini himoya qiliş uçun yana ikki Patriot havo mudofaa majmuasi jangovar navbatçilikka qöyildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 1 yanvar, payşanba kuni Telegram’da xabar qildi. Mudofaa vaziri Denis Şmixal ma’lumotiga köra, bu Kiyevning Germaniya hukumati bilan yaqinda erişgan kelişuvlari tufayli amalga oşgan.
“Hozir Patriot HHM majmualari Ukraina şaharlari va infratuzilmasini himoya qilmoqda. Energetika obektlari va fuqarolik infratuzilmasiga qanotli hamda ballistik raketalar bilan berilgan duşman zarbalaridan keladigan yöqotişlarni kamaytiradi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Dekabr oyi örtasida Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhi yiğilişi oçilişida GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga ikki Patriot HHM tizimi va yana bir IRIS-T zenit majmuasi — hisob böyiça töqqizinçisi topşirilganini ma’lum qilgan edi.
“Oxirgi yiğilişdan buyon biz Ukraina havodan mudofaasini sezilarli darajada mustahkamladik, jumladan avgust oyida va’da qilingan ikki Patriot tizimini yetkazib beriş orqali — bu norvegiyalik hamkorlarimiz tufayli sodir böldi”, — deya 16 dekabr kuni Corriere della Sera gazetasi öz saytida Germaniya vazirining sözlarini keltirgan.
Öşanda Pistorius 2026 yilda Germaniya bundesver zaxiralaridan Ukrainaga “AIM-9 Sidewinder raketalarining sezilarli miqdori”ni topşirişini ham aytgan. GFR “NATOning PURL mexanizmi orqali AQŞ omborlaridan birinçi navbatda kerak böladigan qurol va öq-dorilarni xarid qiliş uçun yana 200 mln dollar ajratdi”, — deb qöşimça qilgan nemis mudofaa vaziri.
2025 yil iyul oyida DW söroviga javoban GFR Mudofaa vazirligi Berlin Ukraina uçun qöşimça ikki Patriot tizimini yetkazib berişni moliyalaştirişga rozi bölganini tasdiqlagan. “Biroq umuman olganda, gap faqat ikki tizim haqida emas: mamlakatda bu tizimlarga ehtiyoj katta bölgani uçun hamkorlar Ukrainaga ikkitadan köp Patriot yetkazib berişni rejalaştirmoqda. NATOning boşqa davlatlari ham bu yordam xarajatlarining bir qismini öz zimmasiga olişga allaqaçon rozilik bergan”, — degan edi öşanda vazirlik vakili.
U, şuningdek, yangi Patriot tizimlari aynan qanday tarzda yetkazib berilişiga doir qöşimça tafsilotlar hali muhokama qilinişi kerakligini aytgan.
















