Jahon | 13:16 / 16.03.2018
4037
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya bo‘yicha keyingi sammitlar Turkiya va Eronda tashkil etiladi

Foto: riafan.ru

Rossiya, Turkiya va Eronning Suriya bo‘yicha navbatdagi sammitlari Istanbul hamda Tehronda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Ostonadagi matbuot anjumanida xabar berdi.

"Kelajakda Turkiya, Rossiya va Eron prezidenti ishtirokida Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha kafolatchi davlatlar sammiti Istanbul hamda Tehronda bo‘lib o‘tadi", - deya aytib o‘tdi u.

Suriya bo‘yicha Rossiya, Turkiya va Eron sammiti Istanbulda 4 aprel kuni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov Suriya xalqi azob-uqubati tugashi kerakligi, Rossiya va AQSh muloqotni boshlashi darkor ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid