“AQŞning Eronga duşmanligi eng avj nuqtasiga çiqdi” – Eronning Özbekistondagi elçisi bilan suhbat
|21:57 / 16.01.202622 77816 min
Eronda dekabr oyining oxiridan boşlangan namoyişlar tuzumga qarşi norozilikka aylanib ketdi. Ekspertlar hozirgi rejim bu namoyişlar bilan qulamasligini taxmin qilgan. Biroq, Eron osmonining yopilişi va AQŞning Qatardagi aviabazasida evakuatsiyani boşlagani mintaqada keskinlik kuçayayotganini bildiradi. Kun.uz real holat va Eron hukumatining çoralari böyiça Özbekistondagi elçi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlaşdi.
Dekabr oyining oxiridan Eronni norozilik namoyişlari qamrab oldi. Tehrondagi bozorda norozilikka yiğilganlar aslida iqtisodiy qiyinçiliklardan va giperinflatsiyadan şikoyat qilgan edi. Yilning oxirigaça bu namoyişlar turli şaharlarga tarqagan bölsa-da, asosiy katta şaharlar markazlarida norozilik tölqini past edi. Biroq, yangi yilning dastlabki kunlaridan norozilik tölqini keskin çuqurlaşib, köçaga çiqqanlar soni millionlab böldi.
Şunday paytda Eron prezidenti va oliy diniy rahnamo Oyatulloh Ali Xominaiy xalqqa murojaat qilib, bu provokatsiya oqibati ekani, köçaga çiqqanlar AQŞ-Isroil buyruğini olib, taşqi bosim bilan sun’iy norozilik yaratayotganlar ekanini bildirdi.
Kun.uz Erondagi notinç vaziyat fonida mamlakatning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi bilan eksklyuziv suhbat ötkazdi. Elçi Muhammad Ali Iskandariyga köra, AQŞ-Isroilning duşmanligi butun tarix mobaynida eng avj nuqtasiga yetdi. Ular oxirgi 40 yil içida qöllaridan qanday yomonlik kelsa, qilib körişdi, deydi u.
Quyida elçi bilan suhbatning asosiy joylari keltirib ötiladi.
Jurnalist: Janob elçi, ayni dam norozilik namoyişlari tugaş pallasiga ötgan. Xöş, ular bilan kelişiş va vaziyatni önglaş uçun Eron rahbariyati va hukumatida qanday rejalar bor?
Elçi: Bu namoyişlar fuqarolarning öz fikri va e’tirozini oçiq bildiriş huquqi bilan boğliq. Bu — Eron fuqarolarining qonuniy haqqi. Namoyişlar dastlab tinç tarzda boşlangan. Odamlar köçalarga çiqib, öz talab va takliflarini bildirişgan. Bu jarayon taxminan ön kun davom etdi. Şu vaqt içida mas’ul idoralar vakillari jamoat joylariga çiqib, aholi bilan bevosita muloqot qildi, muammolarini tingladi.
Biroq ön kundan söng taşqi omillar faollaşdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp namoyişlarga oçiq bayonot bilan aralaşib, kuç işlatilsa, şaxsan aralaşişini ma’lum qildi. Bu bayonot taşqi siyosiy bosim sifatida qabul qilindi. Şundan söng namoyişlar jarayonida qöporuvçilik va terrorçilik harakatlari kuzatila boşlandi.
Mavzuga oid
Ayrim guruhlar tomonidan masjidlarga hujum qilindi, jamoat va xususiy mulkka zarar yetkazildi, qurol işlatiş holatlari qayd etildi. Bu esa namoyişlarning iqtisodiy-ijtimoiy talablardan çiqib, taşqi siyosiy aralaşuv ta’sirida keskin tus olganini körsatdi.
Keyingi bosqiçda politsiya bölimlari va qurol omborlariga hujumlar böldi. Şu paytdan boşlab jamiyatning özi ham vaziyatning mohiyatini angladi. Davlat xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida aralaşişga majbur böldi.
Natijada aholining katta qismi bu buzğunçi harakatlarga qarşi çiqdi. Uç millionga yaqin fuqaro tinçlikni qöllab-quvvatlab köçalarga çiqdi. Hozirda vaziyat töliq nazorat ostida.
Jurnalist: Vaziyat yaxşilanadimi yoki yana taşqi aralaşuv bilan bundanam oğirroq oqibatlar yaratişi mumkinmi?
Elçi: Albatta, Amerika va Isroil öz harakatlaridan hozirgaça töxtagani yöq va bundan keyin ham töxtamaydi. Biz ham ularning töxtaşini kutmayapmiz. Oxirgi qirq yildan ortiq vaqt davomida ular aynan şu yöldan kelib, şu siyosatni yuritib kelmoqda va bu kelajakda ham davom etişi mumkin. Biroq bu yerda asosiy masala boşqa — Eron xalqi bu jarayonlarga qanday munosabat bildiryapti.
Eron xalqi bu davlatlarning xatti-harakatlari va siyosiy yondaşuvlarini yaxşi biladi, ularning xarakterini yaxşi taniydi. Şu omillarni inobatga olgan holda aytiş mumkinki, hozirgi kunda Eronda vaziyat töliq nazorat ostida. Şu bilan birga, Eron xalqi norozilik bildiriş va öz e’tirozini oçiq ifoda etiş huquqiga ega. Eron hukumati esa fuqarolarning uşbu qonuniy huquqini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişda davom etmoqda.
Endilikda uşbu noroziliklarga sabab bölgan qiyinçiliklarning mohiyatiga töxtaliş örinli. Bugungi kunda Eronda kuzatilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy qiyinçiliklarning asosiy sababi — Amerika va ayrim Ğarb davlatlari tomonidan Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardir. Bu oddiy yoki ta’siri kam çoralar emas, balki öta jiddiy va uzoq yillar davomida amal qilib kelayotgan sanksiyalardir. Ana şu sanksiyalar natijasida, avvalo, mamlakatda inflatsiya darajasi oşdi.
Bugun kuzatilayotgan qiyinçiliklar tasodifiy emas, balki ma’lum siyosiy bosim natijasidir. Şunga qaramasdan, Eron hukumati uşbu muammolarni hal etiş böyiça sa’y-harakatlarini töxtatgani yöq. Içki va taşqi siyosat doirasida sanksiyalar tufayli kelib çiqqan muammolarni kamaytiriş va bartaraf etiş uçun barça imkoniyatlar işga solinmoqda.
Ha, bizda iqtisodiy muammolar bor, biz buni tan olamiz va şu bilan birgalikda uşbu muammolarni bartaraf etiş uçun harakatlarimizni töxtatganimiz yöqligini ham aytamiz. Eron sanksiyalar ostida bölsa ham bugun iqtisodiy özgariş va fan-texnologiyalar, işlab çiqariş rivoji böyiça sanksiyalar ostida yaşayotgan boşqa davlatlardan yaxşiroq körsatkiçlarga ega.
Jurnalist: Xalqning dardiga quloq tutmoq kerak, Eronning qölida ularning real iqtisodiy muammolarini yeçiş uçun qandaydir reja bormi özi?
Elçi: Bu yerda birinçi navbatda muammolar qanday tarzda körsatilayotgani muhim. Ularning katta qismi, aslida, psixologik bosim va axborot uruşi mahsulidir. Iqtisodiy jihatdan Eron xalqi umuman yomon ahvolda emas. Ğarb ommaviy axborot vositalari Erondagi muammolarni bir tomonlama va börttirib körsatişga urinayotganini köryapmiz.
Siz rostdan ham Eron xalqi öta oğir şaroitda, qaşşoq yaşayapti, deb öylaysizmi? Davlatimiz aholisi boşqalardan orqada, deb hisoblaysizmi? BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar hisobotlari bunday manzarani körsatmayapti. Yoki ularning barçasi notöğrimi?
Xöş, nima uçun Tramp bizga nisbatan qöllab-quvvatlov körsatmaydi? Sababi aniq: sanksiyalar orqali iqtisodiy muammolarni sun’iy ravişda kuçaytirişni istaşyapti. Ikkinçidan, mavjud qiyinçiliklarni yanada kattaroq qilib körsatişyapti. Ularning maqsadi oçiq — Eron xalqini norozi qiliş, oxir-oqibat odamlarni köçaga çiqariş va buni keyinçalik harbiy aralaşuv uçun asos sifatida işlatiş. Bularning barçasi, oxir-oqibat, Amerika manfaatlariga xizmat qiladi.
Masalan, Amerikaning özida, sönggi yillarda Tramp hokimiyatda bölgan davrda, politsiya tomonidan mingdan ortiq inson halok bölgan. Şunda bu holatni bahona qilib, boşqa davlatning Amerikaga borib aralaşişga haqqi bormi? Bu AQŞning içki işi emasmi?
Trampning hokimiyatga keliş sabablaridan biri ham Amerika uçun yaqinlaşayotgan katta iqtisodiy inqirozning oldini oliş edi. Uning özi ham “AQŞ iqtisodini tiklaş uçun keldim”, deb oçiq aytgan. Bu esa boşqa davlatlarga borib, Amerika iqtisodiy siyosatiga aralaşiş huquqini beradimi?
Agar şunday bölsa, xalqaro huquq qayerda qoladi? BMT Nizomi nima böladi? Biz ham öz tomonimizdan harakat qilyapmiz. Masalan, neft eksportiga embargo qöyilsa, bu mamlakatda iqtisodiy muammolar keltirib çiqarişi tabiiy. Lekin şunga qaramasdan, biz öz sa’y-harakatlarimizni davom ettiryapmiz va taşqi aralaşuvga nisbatan doimo ehtiyotkor, huşyor böliş kerak, deb hisoblaymiz.
Agar har bir davlatdagi iqtisodiy qiyinçilik boşqa davlatning aralaşuvi uçun bahona böladigan bölsa, dunyoda uzluksiz aralaşuvlar davom etgan bölar edi. Bu esa xalqaro qonun-qoidalarga mutlaqo zid.
Jurnalist: Nega hozirgi AQŞ va Eron heç kelişolmaydi yoki boşlangan muzokaralar ham yakuniga yetmaydi?
— Umuman olganda, AQŞning Eronga nisbatan bosimi ikki yil avval boşlangan, sönggi yilda esa misli körilmagan darajada kuçaydi. Ayniqsa, sönggi ikki yilda Trampning hokimiyatga qaytişi bilan bu bosim avj nuqtasiga çiqdi. Oxirgi qirq yil davomida AQŞ va Ğarb Eronga qarşi qöllaridan kelgan barça çoralarni işga soldi: taşqi uruşlarni majburlab kiritiş, Iroq bilan mojaro, hokimiyatni ağdarişga urinişlar, aholini köçalarga çiqişga undaş, harbiy hujumlar, kemalarimizni tutib qoliş kabi harakatlar şular jumlasidandir.
Aslida, AQŞning Eron bilan uçta asosiy muammosi bor. Birinçisi — bizning adolat talab qilişimiz. Biz AQŞ tomonidan bir millionga yaqin iroqlik va afğonlarning halok bölişini heç qaçon oddiy holat sifatida qabul qilolmaymiz. Bunga doimiy e’tiroz bildiramiz. Yoki Ğazo misolini olaylik: qamal ostidagi hududda ön minglab insonlar halok böldi. Şuningdek, Yaman va Livan xalqlariga nisbatan bosimlar, hatto Qatarga qilingan hujumlar ham bor. Biz, tabiiyki, bunday harakatlarning barçasiga qarşi çiqamiz. AQŞga yoqmaydigan birinçi jihatimiz ham aynan şu — adolat talab qilişimizdir.
Ikkinçi jihat — bizning mustaqilligimiz. Biz qarorlarni özimiz va xalqimiz manfaatlari asosida qabul qilamiz. Bu esa AQŞni qoniqtirmaydi.
Uçinçi sabab esa tabiiy resurslarimiz va boyliklarimizga bölgan doimiy qiziqişdir. Mintaqada Eronning tutgan örni AQŞ va Ğarb siyosatiga mos kelmaydi. Ular faqat bizga nisbatan emas, boşqa davlatlarga ham xuddi şu yondaşuv bilan qaraşadi.
Ilgari bu siyosat diplomatik iboralar orqali niqoblangan bölsa, hozir oçiq-oydin amalga oşirilmoqda. Masalan, AQŞ prezidentining Venesuela neftini oliş haqidagi oçiq bayonotlari bunga yaqqol misol. Bu — kuç işlatiş orqali dunyo resurslarini qölga kiritişga urinişdir. Şu yöl bilan AQŞ iqtisodiy inqirozning oldini olişga harakat qilyapti. Bu jarayonda xalqaro qonun-qoidalar oçiqça poymol etilmoqda. Yaqinda AQŞ yuzga yaqin xalqaro taşkilotlardan çiqib ketganini ham kördik. Bugungi Amerikada qarorlar hatto öz xalqi nazoratidan ham çiqib ketgan.
Ayrim bayonotlarga qarasak, bu xavf faqat Eron uçun emas, balki butun dunyo uçun tahdid ekani körinadi. Şu bilan birga, bizga qarşi olib borilayotgan axborot uruşi ham tobora kuçaymoqda. Bu jarayon AQŞ va Isroil tomonidan muvofiqlaştirilgan holda, mamlakatdan mamlakatga, mintaqadan mintaqaga ötib bormoqda. Şunday şaroitda biz özimiz töğri deb hisoblagan yöldan borişimiz kerak: xalqimiz turmuş şaroitini yaxşilaş, iqtisodiy muammolarni hal etiş va taşqi tahdidlarga munosib javob qaytariş. Biz bu javobni beryapmiz ham, biroq xalqaro qoidalar doirasidan çiqib ketganimiz yöq.
Jurnalist: Xalq 1979 yilgi inqilobdan keyin hozirgi tuzumni tanlagan – diniy asosdagi boşqaruv. Lekin oradan 47 yil ötdi va zamon, odamlar özgardi. Xöş, bugungi Eron xalqi hozirgi tuzumni töla yoqlaydi deya olasizmi?
Elçi: Şak-şubhasiz ayta olamanki, Eron mintaqadagi eng demokratik davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda örtaça hisobda har yili turli darajadagi saylovlar ötkaziladi. Mahalla rahbarlaridan tortib, prezidentgaça xalq tomonidan töğridan töğri saylanadi. Qiziği şundaki, Ğarb OAV “bu nomzod saylanmaydi” deb baholagan şaxslar ham amalda saylanib kelyapti.
Bugun Eronda köplab siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda. Yagona şart — konstitutsiyaga rioya qiliş. Referendum orqali xalq aynan şu boşqaruv şaklini tanlagan. Şu bois, hozirgi namoyişlar fonida ham jamiyatning katta qismi amaldagi tuzumni qöllab-quvvatlab turibdi.
Islohot va demokratiya masalasiga kelsak, ular qonun doirasida amalga oşirilişi mumkin. Tartibsizliklar vaqtida ayrim guruhlar masjidlarga öt qöygani, mulkka zarar yetkazgani ma’lum. Biroq yakunda uç millionga yaqin fuqaro aynan bu buzğunçi harakatlarga qarşi çiqib, davlat tomonidan körilgan çoralarni qöllab-quvvatladi. Bu hukumatning islohotlarga qarşi emasligini körsatadi. Aksinça, ba’zan hukumat bayonotlari oppozitsiya pozitsiyasiga ham yaqin tuyuladi. Bu Eronda söz erkinligi mavjudligidan dalolat beradi. Fuqarolar öz fikrini erkin bildiriş imkoniyatiga ega.
Albatta, har qanday muammoni hal etiş vaqt, resurs va sa’y-harakat talab qiladi. Bir tomondan, AQŞ turli tösiqlar orqali imkoniyatlarimizni çeklayapti, ikkinçi tomondan esa “resurslarni xalqqa bering” degan talablarni ilgari suryapti. Bu esa boşqa davlatning içki işlariga töğridan töğri aralaşuv hisoblanadi. Heç qanday islohot qonunlarga zid ravişda amalga oşirilmaydi. Eron xalqi buni yaxşi tuşunadi va huşyorlikni saqlab kelmoqda.
Jurnalist: Oldingi tuzumdan keyin mamlakatni tark etgan ayrim şaxslarning turli çiqişlari va jamiyatga ta’sir ötkazişga urinişlarini ham inobatga oliş kerak. OAVda Eron oliy rahbari haqida tarqalayotgan turli ssenariylar ham şular jumlasidandir. Bu ma’lumotlar real bölişi ham mumkin, yoki katta ehtimol bilan Ğarb va Isroil tomonidan olib borilayotgan qöşma propagandaning bir qismi bölişi mumkin. Şunday xabarlarga Eron rasmiy doiralari, umuman olganda, hukumatingizning munosabati qanday?
Elçi: Gap içki yoki taşqi eronliklar haqida emas, balki barça Eron fuqarolari haqida ketyapti. Ularning barçasi öz fikrini bildiriş, e’tiroz qiliş huquqiga ega. Bu — konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan qonuniy huquq. Şu nuqtagaça, ya’ni norozilik zöravonlikka ötmagunça, bunga nisbatan heç qanday çeklov yöq.
Hatto namoyişçilar ayrim holatlarda mol-mulkka zarar yetkaza boşlaganda ham, politsiya kuç işlatişdan tiyilişga harakat qiladi, öqotar qurol qöllamaydi. Asosiy maqsad — vaziyatni nazoratga oliş. Ammo tinç namoyişlar qurolli qözğolon tusini olsa, bu albatta jamiyat xavfsizligi va tinçlik uçun jiddiy tahdid hisoblanadi.
Şuni ham tuşuniş kerakki, Ğarb davlatlari mintaqaning resurslariga ega bölişga intilar ekan, ularning ommaviy axborot vositalari ham şu siyosatga mos ravişda axborot kampaniyalarini olib boradi. Ğarbning özida ham bu yondaşuvga qarşi fikrda bölgan kuçlar bor, ammo afsuski, ularning ta’siri çeklangan.
Sönggi sörovlar natijalariga köra, Amerika aholisining atigi 30 foizi Donald Trampni qöllab-quvvatlaydi, qolgan 70 foiz esa unga qarşi. Şunga qaramasdan, axborot makonida yangrayotgan köplab bayonotlar aynan muayyan siyosiy vazifalarni bajarayotgan ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilmoqda. Ayrim media tuzilmalar töğridan töğri hukmron siyosatni amalga oşiriş vositasi sifatida işlayapti. Bunday şaroitda ulardan xolislikni kutiş qiyin.
Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasidan töliq tomoşa qilişingiz mumkin böladi.