O‘zbekiston | 13:30 / 05.07.2023
14716
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi

Toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi.

«Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz. Jumladan, yaqinda Shvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz», - dedi prezidentlikka nomzod.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, yer yuzidagi millionlab insonlarning din-u diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Qurbon hayitining ilk kunida Shvetsiya poytaxti Stokholm shahridagi masjidlardan birining oldida kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan Salvan Momika Qur’on nusxasiga olov qo‘ygan va uni tepgan edi. Aksilislomiy aksiya o‘tkazilayotgan chog‘da unga politsiyadan qo‘riqchi ham tayinlangan.

Mavzuga oid