Vazir BMT vakillarining agar yaqin orada moliyaviy ko‘mak berilmasa, Iroqdagi gumanitar dasturning qariyb yarmini to‘xtatishi haqidagi xabarini eslatib o‘tdi.
Mamlakatda vaziyat og‘irlashayotgan bo‘lib, ichki ko‘chishlar soni terrorchilar faoliyati tufayli kuchaymoqda.
“Iroqning ko‘plab tumanlarida vaziyat og‘irlashgan. BMTga qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilmasa iyundan Iroqqa oziq-ovqat yetkazib berishda muammolar tug‘iladi. Shuning uchun Norvegiya BMT chaqirig‘iga javob sifatida 120 mln krona ajratishga tayyor”, - deydi vazir.