O‘zbekiston | 00:22 / 17.07.2021
18030
1 daqiqa o‘qiladi

“Vaksina olmaslik va u haqda bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas” - O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas, deya fatvo berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi.

“Davlatimiz barcha talablarga javob beruvchi vaksinalar vositasida ommaviy ravishda emlash ishlarini amalga oshirayotgan ekan,barcha yurtdoshlarimiz o‘zlarini va oila a'zolarini, shifokorlar bilan kelishgan holda, emlatishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi”, – deyiladi fatvo matnida.

Shuningdek, idora musulmonlarni qiyin vaziyatda narx-navoni asossiz oshirmaslikka chaqirdi.

“Pandemiya vaziyatida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarning narxini oshirish, bozorlar va do‘konlarda sun'iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o‘rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar'an haromdir”, – deya ta'kidlangan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bayonotida.

Mavzuga oid