Bismillahir Rohmanir Rohiym,
Muhtaram mömin-musulmon birodarlar, aziz yurtdoşlar!
Jahon ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga köra, qariyb bir yarim yildan beri insoniyatga sinov, imtihon bölib kelgan vabo – koronavirus pandemiyasi uçinçi, ayrim mamlakatlarda törtinçi tölqin tarzida namoyon bölmoqda. Allohga şukrki, ötgan yili hukumatimiz va Özbekiston musulmonlari idorasi amalga oşirgan qator çora-tadbirlar sabab uşbu kasallikning oqibatlari birmunça yengil keçdi. Ammo bu yilgi yoz çillasi kirib kelişi bilan virusning tarqalişi yana avj oldi.
Dinimizda insonning joni, e'tiqodi, aqli, moli va obrösini saqlaş muhim asoslardan biridir. Ularga zarar yetadigan holatlarda şariat öz talablarini insoniyatga yengillatadi.
Mamlakatimizda kasallikning keng yoyilib ketişi oldini oliş, uning asoratlarini yengillatiş böyiça katta hajmdagi işlar amalga oşirib kelinmoqda. Jamoat joylarida töplanmaslik, yirik tantana va tadbirlar ötkazmaslik, niqob taqiş, özaro masofa saqlaş va vaksina oliş böyiça çora-tadbirlar şular jumlasidandir.
COVID-19 vabosi asosan, havo-tomçi, qöl berib söraşiş kabi holatlarda yuqadi. Şunday ekan, jamoa bölib töplaniş holatlari uşbu xatarli virusning tarqalişiga asosiy sabab bölmoqda. Alloh taolo Qur'oni karimda şunday marhamat qiladi:
“Özingizni halokatga duçor qilmang. Ehson qiling, albatta Alloh ehson qiluvçilarni xuş köradir” (Baqara surasi, 195-oyat).
Bu oyatda mömin-musulmonlar halokatga sabab böladigan işlardan tiyilişga buyurilgan.
Abu Sa'id al-Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
“Islom dinida zarar beriş va zarar köriş ham yöq” deganlar.
Demak, hadisi şarifda inson öziga yoki özgalarga zarar keltiradigan sabablardan uzoq bölişga buyurilgan.
Mötabar fiqhiy kitoblarimizda:
“Zararni daf qiliş foydani jalb qilişdan oldinga qöyiladi”; ya'ni: “Qiyinçilik yengillatişni jalb qiladi”


















