Jamiyat | 17:20 / 25.06.2020
10229
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyi o‘qishga taklif etadi

Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyiga 2006 yil 2 sentyabrda asos solingan.

Prezidentning 2017 yil 26 sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada  takomillashtirish to‘g‘risidagi" qaroriga muvofiq, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasi talabga javob bermaydigan, ta'lim sifati va oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan akademik litseylar faoliyati 2019 yil 1 sentyabrdan tugatildi hamda yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, yetarli moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan akademik litseylar oliy ta'lim muassasalari tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu jumladan, Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey institut tasarrufiga o‘tkazilib, "Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyi" nomiga o‘zgartirildi va o‘qish muddati ikki yil etib belgilandi.  

Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, kelajakda tibbiyot, iqtisodiyot, kimyo, kimyo sanoati va neft-gazni qayta ishlash mutaxassislari bo‘lishni xohlovchi o‘quvchilarni o‘qishga tayyorlaydi.

Akademik litseyda:

·       Ingliz tili, ona tili va adabiyot, fizika-matematika, kimyo-biologiya va informatika fanlari kichik guruhlar bo‘linib, chuqurlashtirilib o‘qitiladi;

·       Litseyda tashkil etilgan innovatsion o‘quv markazida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun barcha imtihon fanlari bo‘yicha yetuk malakali mutaxassis o‘qituvchilar dars beradilar;

·       Bitiruvchilarga “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Akademik litsey umumta'lim maktabining 9-sinf bitiruvchilarini 2020-2021 o‘quv yili uchun quyidagi ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qiladi:

1.    Tabiiy fanlar (kimyo-biologiya va kimyo-matematika)

2.    Aniq fanlar (ingliz tili-matematika va fizika-matematika)

Akademik litseyga quyidagi hujjatlar 5 iyulgacha masofaviy (onlayn) tarzda qabul qilinadi.

1. Ariza (@tktial_uz telegramm kanaliga kirib, berilgan e'lon havolasi orqali ariza blankasi to‘ldiriladi)

2. 3x4 rasm (elektron shaklda)

3. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi yoki skaner qilib)

4. Shahodatnoma (nusxasi yoki skaner qilib)

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 3-mavze, 7-uy. Mo‘ljal: Yunusobod (universam) bozori. Metroning Yunusobod bekati.

Murojaat uchun telefonlar: +99871 2216133, +99890 0127077, +99897 7822481

 Telegramm uchun telefon:  +99890 0127077

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid