Norma'ning yozişiça, hujjat prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta'lim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5812-son farmoniga muvofiq qabul qilindi.

Qaror bilan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, uşbu vazirlikning Kasb-hunar ta'limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boşqaruv, texnik, xizmat körsatuvçi va öquv-yordamçi xodimlarining namunaviy ştatlariga özgartirişlar kiritilmoqda.

Qabul qilingan hujjatda mazkur Namunaviy ştatlar akademik litsey va kasb-hunar maktablari uçun Davlat budjeti mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan joriy qilinişi aniqlaştirilgan. Kollej va texnikumlar uçun vazirlik, idoralarning budjetdan taşqari mablağlari, öquvçilarni davlat buyurtmasi va tölov-kontrakt asosida öqitişdan tuşadigan mablağlar hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan joriy qilinadi.

Belgilanişiça, Namunaviy ştatlar quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylariga;
  • IIV idoraviy akademik litseylariga;
  • Toşkent davlat yuridik universiteti qoşidagi akademik litseyga;
  • yuridik texnikumga;
  • imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan kasb-hunar maktablariga;
  • olimpiya zaxiralari kollejlariga.

Namunaviy ştatlar joriy qilinişi munosabati bilan boşqaruv, texnik, xizmat körsatuvçi va öquv yordamçi xodimlar sonining qisqarişi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Şuningdek qarorda Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boşqaruv, texnik, xizmat körsatuvçi va öquv-yordamçi xodimlari uçun alohida lavozimlarni kiritiş me'yorlari keltirilgan.

Hujjat 11.11.2020 yildan kuçga kirdi.