O‘zbekiston | 19:16 / 27.08.2021
5394
1 daqiqa o‘qiladi

Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlariga ish bo‘yicha avvalgi sud qarorlarini ilova qilish talabi bekor qilinadi

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida sudga murojaat qilishni soddalashtirishga qaratilgan qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Foto: KUN.UZ

Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, “E-XSUD” axborot tizimi orqali sudyalarga o‘ziga kerak bo‘lgan sud hujjatlarini olish imkoniyati yaratilgani munosabati bilan qonunchilikda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini qaytarish asoslarida nazarda tutilgan “ish bo‘yicha qabul qilingan sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilingan bo‘lishi” talabi bekor qilinmoqda.

Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksida mavjud bo‘lgan soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti Fuqarolik protsessual kodeksiga ham kiritilmoqda.

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid