Sport | 12:11 / 25.03.2017
10241
3 daqiqa o‘qiladi

JCh. saralash. Yevropada favoritlar ishonchni oqladi

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda.

24 mart kuni Yevropa mintaqasida 3ta guruhda 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. D guruhida Serbiya terma jamoasi Gruziya mehmoni bo‘ldi va irodali g‘alaba evaziga ochkolari sonini 13taga yetkazib, peshqadamga aylanib oldi. Guruhning markaziy uchrashuvda esa Irlandiya va Uels durangga imzo chekishdi. Shuningdek bu turda Avstriya terma jamoasi ham g‘alaba nashidasini surdi.

JCh-2018. Yevropa. D guruhi.
5-tur

Irlandiya – Uels – 0:0

Avstriya – Moldova – 2:0 (0:0)
Gollar: Zabittser (75), Xarnik (90).

Gruziya – Serbiya 1:3 (1:1)
Gollar: Kacharava (5) – Tadich (45, penalti), Mitrovich (64), Gachinovich (86)

Guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda:
1. Serbiya — 11 ochko;

2. Irlandiya — 11;

3. Uels — 7;

4. Avstriya — 7;

5. Gruziya — 2;

6. Moldova — 1.

G guruhida favoritlar bildirilgan ishonchni oqladi. Ispaniya o‘z uyida Isroil terma jamoasini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Italiya Buffonning 1000-o‘yinida Albaniya darvozasiga javobsiz ikkita gol yo‘lladi.

Turnir jadvalida Italiya va Ispaniya bir xil ochko to‘plagan holda qo‘sh peshqadamlik qilishmoqda. Guruh g‘olibi ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinida aniqlanishi tobora oydinlashib bormoqda.

G guruhi.

Ispaniya – Isroil – 4:1 (2:0)
Gollar: Silva (13), Vitolo (45+1), Kosta (51), Isko (88) – Rafaelov (76).

Lixtenshteyn – Makedoniya – 0:3 (0:1)
Gollar: Nikolov (43), Nestorovski (68, 73)

Italiya – Albaniya – 2:0 (1:0)
Gollar: De Rossi (12, pen.), Immobile (71).

Guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda:
1. Ispaniya — 13 ochko;

2. Italiya — 13;

3. Isroil — 9;

4. Albaniya — 6;

5. Makedoniya — 3;

6. Lixtenshteyn — 0.

I guruhi yetakchisi Xorvatiya terma jamoasi bu turda asosiy ta'qibchilaridan biri Ukrainani qabul qilib, qiyin kechgan uchrashuvda g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 13taga yetkazib oldi. Ukrainlarning mag‘lubiyatidan esa Islandiya termasi foydalanib qoldi. Kosovo mehmoni bo‘lgan vulqonlar oroli jamoasi g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 10taga yetkazib oldi. Endi jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 

Shuningdek bu turda Finlyandiyani mag‘lubiyatga uchratgan Turkiya ham ochkolari soni bo‘yicha Ukrainaga yetib oldi.

I guruhi.

Xorvatiya – Ukraina – 1:0 (1:0)
Gollar: Kalinich (38).

Kosovo – Islandiya – 1:2 (0:2)
Gollar: Nuxiu (52) – Sigurdarson (25), Sigurdsson (35, pen).

Turkiya – Finlyandiya 2:0 (2:0)
Gollar: To‘sun (9, 13).
Guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda:
1. Xorvatiya — 13 ochko (5 o‘yin);

2. Islandiya — 10 (5);

3. Ukraina — 8 (5);

4. Turkiya — 8 (5);

5. Finlyandiya — 1 (5);

6. Kosovo — 1 (4).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid