USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi bortidagi AQSh harbiylari operatsiyalarga tayyorlanmoqda / Foto: Centcom

2025 yilda global harbiy xarajatlar – Yevropa va Osiyoda mudofaa xarajatlarining keskin ortishi hisobiga deyarli 3 foizga o‘sdi.

27 aprel kuni Stokgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (SIPRI) yillik «Jahon harbiy xarajatlari tendensiyalari» hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yevropaning mudofaa xarajatlari 2024 yilga nisbatan 14 foizga oshib, 864 milliard dollarni, Osiyo va Okeaniyada esa 8,1 foizga o‘sib, 681 milliard dollarni tashkil etdi.

Umumiy hisobda, 2025 yilda butun dunyo bo‘ylab harbiy dasturlarga deyarli 2,9 trillion dollar sarflandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,9 foizga ko‘pdir. Hisobotga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich dunyo yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 2,5 foizini tashkil etadi va bu 2009 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qurollanish uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan davlatlar: AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya va Hindistonning birgalikdagi xarajatlari global summaning 58 foizini tashkil etdi.

Qurollanish uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan 40 davlat / Foto: SIPRI

Hisobotda qayd etilishicha, AQSh harbiy xarajatlar bo‘yicha dunyoda hamon 1-o‘rinda qolmoqda – 954 milliard dollar. Undan keyingi o‘rinda Xitoy – taxminan 336 milliard dollar sarflagan. Rossiya esa taxminan 190 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda turibdi.

NATO va Yevropadagi o‘zgarishlar

Xarajatlar o‘sishida AQShning ittifoqchilari yetakchilik qildi. CNN nashrining yozishicha, bu avlodlar almashinuvi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchi Jyeyd Rikardning ta’kidlashicha, 2025 yilda NATOning yevropalik a’zolari xarajatlari 1953 yildan beri eng tez sur’atda o‘sgan. Bu Yevropaning o‘z-o‘zini ta’minlashga intilishi va AQShning ittifoq ichida yukni bo‘lishish bo‘yicha bosimi bilan izohlanadi.

Xususan, NATOning quyidagi davlatlari harbiy sohadagi xarajatlarini katta miqdorda oshirgan:

  • Belgiya: 59%