Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
13 dekabr kuni soat 01:30 da Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi «Aviasozlar» bozori hududida joylashgan ma’muriy binoda yong‘in chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 01:30 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.
Yong‘in soat 02:29 da qurshab olingan, soat 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Qayd etilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2025
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025