Rasmiy ma’lumotlarga köra, Toşkent şahar FVBB va uning hududiy boşqarmalari xodimlari, şuningdek, tegişli idora va taşkilotlar vakillari hamkorligida amalga oşirilgan reydlar doirasida bozorlar hududi va ular atrofida joylaşgan barça umumiy ovqatlaniş joylari hamda ovqatlaniş şoxobçalari atrofliça örganildi.

Tekşiruvlar davomida ayniqsa quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • isitiş moslamalaridan xavfsiz foydalaniş tartibi;
  • gaz jihozlari va elektr uskunalaridan töğri va texnik talablarga mos foydalaniş;
  • yonğin kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin bölgan kamçilik va qoidabuzarliklarni aniqlaş;
  • gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi ehtimoliga olib keluvçi holatlarni oldindan bartaraf etiş.

Profilaktik reyd tadbirlari jarayonida aniqlangan barça kamçiliklarni zudlik bilan joyida bartaraf etiş çoralari körildi, mas’ullar va tadbirkorlarga tegişli körsatmalar berildi. Şuningdek, fuqarolar va bozor ma’muriyati bilan tuşuntiriş işlari olib borilib, qiş mavsumida yonğin va gaz xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiliş lozimligi alohida ta’kidlandi.

Mutasaddilarga köra, bunday profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlaş, ehtimoliy köngilsizliklarning oldini oliş hamda bozorlarda qişki mavsum uçun xavfsiz muhit yaratişga xizmat qiladi.