Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yandex Go’da elektromobillar uchun yangi funksiya - zaryadlash stansiyalarini qidirish va to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi
Yandex Go ilovasining “Zapravkalar” bo‘limida elektromobil egalari uchun yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Endi eng yaqin zaryadlash stansiyasini tez topish, uning ish vaqti va narxini ko‘rish hamda darhol marshrut qurishni bir joyda amalga oshirish mumkin.
Yandex Go
Xizmat EnerGo va Megawatt Energy hamkorligida ishlaydi va Toshkent, Toshkent viloyati hamda mamlakatning boshqa shaharlari — Samarqanddan Nukusgacha mavjud.
Hozirda foydalanuvchilar uchun 350 dan ortiq zaryadlash stansiyalari mavjud. 2026 yil davomida ularning sonini butun O‘zbekiston bo‘ylab 700 tagacha oshirish rejalashtirilgan.

Zaryadlash uchun to‘lovni to‘g‘ridan to‘g‘ri ilova ichida, kontaksiz amalga oshirish mumkin. Shuningdek, chegirma olish uchun Plus ballaridan foydalanish, hamkor haydovchilar esa Yandex Pro balansidan foydalanishi mumkin. Barcha operatsiyalar tarixi saqlanadi, bu esa xarajatlarni qulay nazorat qilish imkonini beradi.

Yangi funksiya elektromobil egalari uchun vaqtni tejash va zaryadlashni qulay boshqarish imkonini yaratadi.
Mavzuga oid
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
14:00 / 24.10.2025
Yandex Go talab yuqori paytda xizmat haqining bir qismidan voz kechadi
17:01 / 29.08.2025
Yangi o‘quv yilining ilk kunida taksi chaqirish uchun qulay paytlar taxmin qilindi
19:00 / 24.06.2025