O‘zbekiston | 17:01 / 29.08.2025
4853
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi o‘quv yilining ilk kunida taksi chaqirish uchun qulay paytlar taxmin qilindi

2 sentabr kuni tariflar o‘zgarmaydi, biroq safar narxi talabning ortishi sababli yuqoriroq bo‘lishi mumkin - bir vaqtning o‘zida ko‘p odamlar farzandlarini maktabga olib borish uchun mashina buyurtma qiladi. Ayrim haydovchilar ham o‘z bolalarini maktabga olib boradi, shu sababli bu kuni xizmatdagi mashinalar soni odatdagidan kamroq bo‘lishi mumkin. Yandex Go tahlillari asosida 2 sentabr kuni qachon taksi buyurtma qilish va qanday qilib tejash haqida ma’lumot berildi.

Foto: Yandex Go

Qachon taksi chaqirgan ma’qul?

Yandex Go o‘tgan yilgi xizmatdan foydalanish ma’lumotlariga asoslanib, 2 sentabr kuni taksi buyurtma qilish uchun eng maqbul vaqtni tahlil qildi*. O‘quv yilining birinchi kunida odamlar soat 6:25 dan boshlab faol ravishda mashina chaqirishadi, shuning uchun bu vaqtdan 10–15 daqiqa oldin safarni buyurtma qilgan ma’qul. Eng yuqori talab soat 7:30 atrofida kuzatiladi. So‘ng soat 8:05 dan 8:20 gacha talab biroz pasayadi, va bu vaqtda safar narxi ham biroz arzon bo‘lishi mumkin. Talab odatda soat 8:45 dan keyin pasayadi.

Safar narxi nimalarga bog‘liq?

Yo‘lkira haqi tariflar asosida shakllanadi — ya’ni 1 kilometr va 1 daqiqa harakatlanish uchun belgilangan narxlar. Sentyabr boshlarida ushbu tariflar o‘zgarmaydi. Biroq safarning yakuniy narxiga talab darajasi va xizmatda bo‘sh haydovchilar soni ham ta’sir qiladi: agar safar qilmoqchi bo‘lganlar soni haydovchilar sonidan ko‘p bo‘lsa, narx oshishi mumkin.

Birinchi o‘quv kunida talab ancha ortishi mumkin — ota-onalar bolalarini bayram tadbirlariga olib borishga shoshilishadi. Haydovchilarning ba’zilari ham farzandlarini maktabga olib borishlari sababli, ulardan ayrimlari shu kuni ishlamasligi mumkin. Bunday holatda, talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish va haydovchilarni faol hududlarga jalb qilish maqsadida, xizmatda narxlarni vaqtincha oshiruvchi koeffitsiyent avtomatik ravishda yoqiladi. Bu — vaqtincha chora bo‘lib, safarni tezda amalga oshirishi kerak bo‘lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyat yaratadi. Haydovchilar soni yetarli bo‘lgandan so‘ng narxlar yana oddiy holatga qaytadi.

Layfxaklar: qanday qilib yo‘lkirani tejash mumkin?

1.Talab indeksiga e’tibor bering

Yandex Go ilovasida real vaqtda talab darajasini ko‘rsatuvchi maxsus indikator — talab indeksi mavjud. Uni ilovaning bosh ekranida, chap yuqori burchakda ko‘rish mumkin. Agar xizmatda yetarlicha bo‘sh mashina bo‘lsa, indikator yashil bo‘ladi va safar narxi odatdagidek bo‘ladi. Agar talab yuqori bo‘lsa, indikator sariq yoki qizil rangga kiradi va narx oshib ketishi mumkin.

2. “Birgalikda” tarifidan foydalaning

Agar taksida hamroh bilan ketish imkoni bo‘lsa, “Birgalikda” tarifini tanlash orqali yo‘lkirani tejash mumkin.

3. To‘liq soatlarda emas, balki 5–20 daqiqa oldin mashina chaqiring

Safarni to‘liq soatlarda emas, balki 5–20 daqiqa oldin buyurtma qilish bilan talab kamroq bo‘lishi mumkin. Masalan, agar soat 10:00 da yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz, 9:45 da safar buyurtma qilgan ma’qul.

Jamoat transportidan ham foydalaning. Agar talab juda yuqori bo‘lsa, jamoat transporti yaxshi alternativa bo‘lishi mumkin. Yandex Go ilovasidagi “Transport” xizmati orqali sizga kerakli avtobus qayerda ekanini va qaysi vaqtda bekatga yetib kelishini bilishingiz mumkin.

*Ma’lumot tavsiyaviy xarakterga ega. Safar narxi va talabning real dinamikasi farq qilishi mumkin.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid