Kun.uz pandemiya va inqiroz mavzusi bilan boğliq masalalarga oid suhbatlarni davom ettiradi. Bu gal turizm sohasiga bevosita aloqador bölgan xususiy sektor vakillari – Jonibek Nasriddinov, Mansurjon Rasuljonov va Husan Saibjonov bilan pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etiş böyiça öz mulohazasini bildirdi.

– Pandemiya va inqiroz davrida ham iqtisodiy jihatdan, ham ijtimoiy munosabatlarning buzilişi jihatidan katta zarbalar turizm sohasiga kelib tuşdi. Hozirgi paytda soha qanday çoralarni qöllaşga majbur bölmoqda?

Jonibek Nasriddinov, All Trip kompaniyasi iş yurituvçisi:

– Dunyo turizmida odamlar sayohat qilmayapti. Hozirga kelib, taxminan 3 mlrd nafar odam izolyatsiyada ötiribdi. Dunyo turizmida 75 mln.ga yaqin iş örni yöqotilgan.

Özbekistonning özida ham taxminan 45-50 mingga yaqin bronlar bekor bölgani haqida ma'lumot bor. Bu juda ham yomon körsatkiç hisoblanadi. Turfirmalar endi qanday qilib özini qoplaşi kerak, degan savolga javob zarur. Pandemiyadan keyin hozirgi holatdan qanday çiqamiz, degan savol qiynayapti.

2008 yilda bölgan inqirozdan keyin turizm jadal rivojlanib ketgan edi. Lekin 2008 yildagi vaziyat bilan hozirgi holatning farqi bor. Çunki u paytda hamma gap moliyaviy muammolarda edi, hozir esa odamlarning salomatligi haqida gap bormoqda. Har bir aviakompaniya, turim sektori ham mijozlarning soğligi bilan boğliq masalalarga köproq e'tibor qaratişi kerak. Davlatlararo turizmni rivojlantiriş uçun endi qanday talablar qöyilişi bizni öylantiradi.

Jonibek Nasriddinov

– Turizm sohasida işni birdaniga muzlatib qöyiş katta moliyaviy, iqtisodiy tebranişlarga olib keladi. Bu jarayonlar sizning faoliyatingizga qanday ta'sir qildi?

Mansurjon Rasuljonov, Vast Travel kompaniyasi direktori:

– Gap şundaki, iş şunçaki töxtamadi, balki katta zararlar bilan töxtadi. Çunki avvalroq turpaketlar, çiptalar sotib qöyilgan, xizmat körsataman, deb daromadlar olingan. Sotilgan çiptalar 1-2 oy keyinga olingan. Örtada valuta kursi özgardi, çiptalarni qaytariş masalasi bor. Kelajakda bu zararlarni qoplaş uçun qanday harakat qiliş har bir tadbirkorning öz mas'uliyati, moliyaviy ahvolini qanday baholagani, jamğarmasi qançaga yetişiga boğliq. Agar jamğarmasi yöq bölsa yoki jamğarmasini töğri yönaltira olmasa, kiçikroq tadbirkorlik sub'yektlari, misol uçun, turagentlar sohadan çiqib ketişiga töğri keladi.