Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Spring Airlines xususiy loukosteri Xitoy va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Turizm qo‘mitasi va aviakompaniya rahbariyati uchrashuv o‘tkazdi va bir qator masalalarni muhokama qildi.
Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulov Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi rahbari Vang Vei o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi qo‘mita axborot xizmati.
Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm aloqalarini yanada kengaytirish, yangi avia yo‘nalishlar va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilgan.

2004 yilda tashkil etilgan Spring Airlines Xitoyning ilk xususiy loukosterlaridan biri hisoblanib, kompaniyada 10 mingdan ortiq odam xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Aviakompaniya Airbus A320 oilasiga mansub 130 dan ortiq samolyotlardan iborat parkka ega va Xitoyning o‘zida 190 dan ortiq ichki yo‘nalishlarda, 50 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.


Muzokaralar davomida xitoylik sayyohlar orasida O‘zbekistonning turistik salohiyatini faol targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma marketing loyihalarini amalga oshirish taklif etilgan. Shuningdek, Spring Airlines platformasi orqali O‘zbekistonni korporativ mijozlar uchun yangi va jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida taklif qilish rejalari ham ko‘rib chiqilgan.
“Eng muhim masalalardan biri sifatida Spring Airlines kompaniyasining O‘zbekistonga aviaqatnovlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusida Xitoy va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turistik oqimni oshirishga xizmat qiladigan yangi avia yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
18:20 / 04.07.2026