Jahon | 20:30 / 03.12.2017
5446
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda elektron vizalar tizimi ishlay boshladi

Foto: © RIA Novosti/Aleksey Babushkin

Misrda elektron vizalar tizimi ishlay boshladi. Tizim mamlakat prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy tomondan Qohirada tantanali ravishda ishga tushirildi. Endi sayyohlarga Misrning viza markazlari va elchixonalariga borishlariga hojat bo‘lmaydi, Misrga viza olish uchun internetda anketa to‘lg‘azish yetarli bo‘ladi. Agar viza ma'qullansa, u elektron pochtaga keladi.

“Bu loyiha Misrning xorijdagi elchixonalari va konsulliklari ishini yengillashtirishga, viza xizmatlarini samaraliroq va tezroq ko‘rsatishga imkon beradi”, deb aytgan Misr prezidenti.

Ta'kidlanishicha, tizim Misrning bojxona va migratsiya boshqarmalarini axborotlashtirish loyihasining bir qismi hisoblanadi.

 

Mavzuga oid