Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
Elchixona salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Misrda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etdi.
Foto: fledu.uz
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasiga o‘zbekistonliklarning mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlab turilishi bilan bog‘liq murojaatlar soni ortdi. Elchixona xabariga ko‘ra, ushbu holatlar yuzasidan Misr huquqni himoya qilish idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
«Misr vakolatli organlarining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Qohira va boshqa yirik shaharlarda xorijiy fuqarolar tomonidan migratsiya qonunchiligi hamda jamoat tartib-qoidalariga rioya etilish ustidan nazorat kuchaytirilgan. Xususan, Misr hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan, amaldagi hujjatlarga ega bo‘lmagan, shuningdek, jamoat tartibini buzgan xorijiy fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar, jumladan deportatsiya tadbirlari qo‘llanilmoqda», deyiladi xabarda.
Elchixona salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Misrda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport) doimo o‘zi bilan olib yurish, Misr hududida bo‘lish uchun amaldagi viza yoki vaqtinchalik/doimiy yashash ruxsatnomasi (iqoma) olish, tegishli ruxsatnomasiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik, viza yoki yashash ruxsatnomasi amal qilish muddatini o‘z vaqtida uzaytirishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
14:43 / 11.04.2026
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
10:31 / 13.03.2026